Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 17 iyun kuni Samarqand shahridagi Buyuk Ipak Yo‘li hamda Narpay ko‘chalari chorrahasida "Vaz-2106" hamda Toyota rusumli tez tibbiy yordam mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, "Vaz-2106" mashinasi tez tibbiy yordam mashinasining yon tomonidan kelib urgan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda tez tibbiy yordam mashinasi ichida bemorlar bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Faqat mashinalarga shikast yetgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.