Buning natijasida, “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli barcha texnologik qurilmalari va “Bateman” (4 ta), “KMPO” (5 ta), “Shimoliy Nishon” (3 ta), “Sho‘rtan” bosh inshootida joylashgan tozalangan gazni magistral gaz quvurlariga yetkazib beradigan (4 ta) kompressor stansiyalarida jami 16 ta gaz haydash agregatlari va texnologik qurilmalari me’yoriy ish rejimidan avariyaviy holatda to‘xtadi.
Ushbu holat “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”, “Gissarneftgaz” QK va “Epsilon D.C.” XK tomonidan qazib chiqarilayotgan uglevodorodlar hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Gaz haydash agregatlari va texnologik qurilmalarning to‘xtab turish vaqtida, “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJga va “Uzbekistan GTL” zavodiga yetkazib berilayotgan xomashyo gazining qisqarishiga olib keldi.
Bu holat shuningdek, zavodlardagi ishlab chiqarish quvvatlari pasayishiga hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini kamayishiga olib keldi.
Hozirda elektr ta’minoti qayta tiklangandan so‘ng, boshqarmaning malakali mutaxassislari tomonidan olib borilgan sa’y harakatlari natijasida to‘xtab turgan 16 ta gaz haydash agregatlari birin-ketin ishga tushirilmoqda.
To‘xtab qolgan texnologik qurilmalarni qayta ishga tushirish va to‘liq ish rejimida ishlashini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy ishlar olib borilmoqda.
“O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ