Samarqandda ayol va uning o‘g‘li yer talashib, boshqa bir ayolni do‘pposlashdi

Jamiyat 15:02 / 16.06.2022 22758

Ijtimoiy tarmoqlarda ona va uning o‘g‘li boshqa bir ayolni kaltaklayotgani tasvirlangan video tarqaldi va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIb axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilganda, hodisa 2022 yil 13 iyun kuni Ishtixon tumani Orlot mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan fermer xo‘jaligida sodir bo‘lgan.

Ushbu yer xo‘jaligidan ijarachi sifatida foydalanib kelayotgan ikki ayol o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shundan so‘ng ikki o‘rtada boshlangan janjalga ayollardan birining o‘g‘li ham qo‘shilgan.

Oqibatda ona va uning o‘g‘li ayolni do‘pposlab, unga tan jarohatlari yetkazgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: