Prezident barcha hokimlarga bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashish topshirig‘ini berdi
Prezident raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitishni takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“O‘quv yili deyarli yakunlandi. Oldimizda 404 ming nafar o‘rta ta’lim, 151 ming nafar kasb-hunar ta’lim, 125 ming nafar oliygoh bitiruvchilari, jami 680 ming nafar yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifa turibdi”, dedi prezident.
Barcha hokimlar:
- bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashadi;
- ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali uchrashuvlar aniq vaqti, joyi va telefonlarini e’lon qiladi;
- uchrashuvlarda rektorlar, yirik ish beruvchilar, korxona va klasterlar, mutasaddi idoralar rahbarlari ham ishtirok etadi;
- bitiruvchilar ishga ehtiyoji, qiziqishi va ko‘nikmalarini o‘rganib, ular balansini shakllantiradi;
- ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, monomarkazlarda kasbga tayyorlashni tashkil etadi.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun joylarda doimiy ishlaydigan shtablar tuzilishi, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar va ota-onasi bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishi, kelib tushadigan har bir murojaat tezkor ko‘rib chiqilishi shartligi belgilandi.
Mavzuga oid

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?

09:49 / 15.02.2025
Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi

23:02 / 23.01.2025