O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi miqdori ma’lum qilindi

Iqtisodiyot 07:27 / 15.06.2022 26344

Qo‘mita axborotiga ko‘ra, 2022 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi – 2,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

Bunda, eksport – 700 mln dollar, import – 1,9 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.

O‘z navbatida, eksport tarkibida sanoat mahsulotlari 267,2 mln dollarni olib kelgan bo‘lsa, turli tayyor mahsulotlar – 146,2 mln, xizmatlar – 108,6 mln dollar.

Bundan tashqari, import bo‘yicha eng ko‘p mablag‘ sanoat mahsulotlariga sarflangan –  717 mln dollar. Oziq-ovqat mahsulotlari 229 mln dollarga tushgan, mashina va asbob-uskunalar 224 mln dollarni tashkil qilgan.

Bundan oldin O‘zbekiston 4 oyda 62 ta davlatga 1,1 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini sotgani xabar berilgandi

Ko‘proq yangiliklar: