Medvedev: «Ikki yildan keyin Ukraina dunyo xaritasida mavjud bo‘ladi deb kim aytdi?»

Jahon 14:51 / 15.06.2022 25386

Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Ukraina AQShdan suyultirilgan gaz olishi mumkinligi haqida fikr bildirar ekan ikki yildan keyin Ukraina dunyo xaritasida mavjud bo‘lishiga shubha bildirdi.

«Ukraina lend-liz bo‘yicha okean ortidagi xo‘jayinlaridan ikki yildan keyin to‘lash sharti bilan suyultirilgan gaz olmoqchi ekani haqida xabarlar o‘qidim. Aks holda qishda sovqotib qolisharkan.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: ikki yildan keyin dunyo xaritasida Ukraina degan davlat mavjud bo‘ladi deb kim aytdi sizga? Amerikaliklarga esa farqi yo‘q, ular «anti-Rossiya» loyihasiga shunchalik berilib ketganki, qolgan narsalarning qizig‘i yo‘q», deb yozdi Medvedev Telegram-kanalida.

Ukraina 2022 yil qish boshlanishi oldidan AQShga 2 yildan keyin to‘lab berish sharti bilan suyultirilgan gaz olish bo‘yicha so‘rov yuborgan. Shuningdek, Yaqin Sharq davlatlaridan suyultirilgan gaz olish bo‘yicha ham yordam so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: