Makron: Zelenskiy Rossiya bilan muzokara boshlashiga to‘g‘ri keladi

Jahon 18:48 / 15.06.2022 18381

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukraina urushga barham berish uchun Rossiya bilan muzokara olib borishiga to‘g‘ri kelishini aytdi.

"Ukraina prezidenti va uning mansabdor shaxslari Rossiya bilan muzokaralarni boshlashiga to‘g‘ri keladi", - dedi Makron Ruminiyaga tashrifi chog‘ida. 

Xabar qilinishicha, Makron Ruminiyada NATO missiyasi doirasida ushbu mamlakatga joylashtirilgan fransuz harbiylari bilan uchrashgan.

Fransiya prezidenti Ruminiyadan Moldovaga yo‘l olishi kutilmoqda. 

Avvalroq Italiya bosh vaziri Mario Dragi, Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 16 iyun kuni Kiyevga tashrif buyurishi mumkinligi aytilgandi

Ko‘proq yangiliklar: