Davlatimiz rahbarining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son qarori bilan tasdiqlangan «2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida mahalliy neft-gaz tarmog‘ini rivojlantirishga ahamiyatli o‘rin ajratilgan.
Xususan, neft-gaz sohasida transformatsion jarayonlarni jadallashtirish hisobiga gaz ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy qilish ko‘zda tutilgan. Bu esa potensial investorlar, neft xizmatlari ko‘rsatish kompaniyalari va bozorning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida yuqori professionallik va innovatsion texnologiyalar hal qiluvchi omil bo‘ladigan, yuqori raqobat muhitini yaratishni anglatadi.
Bugungi kunda ERIELL kompaniyasi – eng zamonaviy texnologiyalar va yuqori standartlar asosida mamlakat konlarini qazish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro neft va gaz xizmati ko‘rsatish kompaniyasidir.
Neft va gaz qazib olishning hozirgi kundagi darajasi innovatsion yondashuvlar, dadil qarorlar va yuqori malakali mutaxassislarni talab qiladi. ERIELL kompaniyasi hisobida, uzoq vaqtdan beri hisobdan chiqarilgan, tugatish fondidan qaytarilgan yuzlab quduqlar mavjud. Kotlyubing uskunalari, XKIB va boshqalar kabi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tufayli, 30 va 40 yil bekor turgan quduqlar gaz va neft sanoat oqimini bera boshlaydi. Bu esa – mamlakatimiz sanoat, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilashni ta’minlash uchun hayotiy zarur bo‘lgan yanada qo‘shimcha energiya zaxiralarini olishini anglatadi.
Ijtimoiy mas’uliyatli kompaniya sifatida ERIELL, o‘zi ishlayotgan hududlarni ma’naviy jihatdan yaxshilash, xususan, ularni ko‘kalamzorlashtirish uchun bor kuchini ishga soladi. Shu bois, joriy yilda «Boysun» ishlab chiqarishni ta’minlash bazasi hududidagi 2 gektarlik maydonga qator 2 ming 200 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, kompaniya vaxtachilari tomonidan parvarish qilib kelinmoqda. Daraxtlar – ma’lumki, sayyoramiz o‘pkasi hisoblanadi, shu sabab kompaniya har yili bunday yashil hududlar sonini ko‘paytirmoqda.
Savobli ishlar uchun ERIELL kompaniyasining doimiy manzili imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanayotgan internat-uylari hisoblanadi. 1 iyun kuni kompaniya tomonidan Qibray tumanidagi №560-sonli «Semurg‘» ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasida va avval kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda ko‘maklashgan Mehribonlik uyida ular uchun bayramlar tashkil etildi. Bolalarga bag‘ishlangan quvonch hissi bayram ishtirokchilarining barchasining yodida uzoq vaqt saqlanib qoladigan bo‘ldi.
Har yili Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ERIELL Group kompaniyasi, fidokorligi bilan mamlakatimizning bugungi tinchligini ta’minlagan, o‘sha uzoq o‘tmishdagi urush fahriylarini tegishlicha hurmat qilib, qadrlab kelmoqda. Bu yil kompaniya vakillari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 33 nafar faxriylar holidan xabar oldilar, ular bilan maroqli suhbat qurib, bayramona oziq-ovqat to‘plamlarini taqdim etib, ularga mustahkam sog‘liq va uzoq umr tiladilar.
Salomatlik – bu o‘zgarmas qadriyat-boylikdir va ERIELL kompaniyasi sport, sog‘lom turmush tarziga qiziqishni qo‘llab-quvvatlashga intiladi, ayniqsa, yosh avlod orasida bu qadriyatlarni rivojlantirishga harakat qiladi. Kompaniya «Humo» xokkey klubining bosh hamkori hisoblanib, bu yerda juda ko‘p bolalar va o‘smirlar sport bilan shug‘ullanadi, kompaniya yana «Surxon» futbol klubiga homiylik yordami ko‘rsatadi, ERIELL Cup mini-futbol bo‘yicha turnirini o‘tkazish an’anaga aylanmoqda, bu yil ushbu turnirda 17 ta jamoa qatnashdi.
Ma’lumki, o‘tmishsiz kelajak yo‘q. O‘zbekistonning madaniy merosini o‘rganish va ommalashtirishga o‘z hissasini qo‘shish uchun ERIELL Group «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasining faol ishtirokchisiga aylandi. Mazkur loyiha doirasida kompaniya dunyoning o‘nlab davlatlarida 50 dan ziyod madaniy tadbirlar o‘tkazishni qo‘llab-quvvatladi; beqiyos buyuk qadimiy Sharq qo‘lyozmalarining faksmile nusxalarini yaratish, tarixiy eksponat va qo‘lyozmalarni saqlash bo‘yicha ilg‘or ilm-fan texnologiyalarini joriy etish shular jumlasidandir.
Mamlakatda muntazam ravishda yangi mutaxassislar yetishib chiqayotgan bir paytda kompaniyalar guruhi o‘zining ilg‘or ish beruvchi sifatidagi mas’uliyatini yaxshi tushunadi. Mutaxassislar malakasini oshirish uchun Toshkent shahrida ERIELL prof edukcation korporativ ta’lim markazi tashkil etilgan va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda qiya-yo‘nalishli burg‘ilashdan tortib xodimlarni boshqarishgacha bo‘lgan turli tuman mavzularda o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Qarshida bu yil o‘zining 10 yilligini nishonlayotgan Ta’lim markazi ham faoliyat olib bormoqda.U o‘quv-mashg‘ulot poligoni bilan ta’minlangan bo‘lib, u yerda yangi mutaxassislar MBU-160 ko‘chma burg‘ilash uskunasida ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkin.
ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ