Haqiqatda zarur bo‘lganlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsating

O‘zbekiston 12:44 / 02.12.2022 10402

3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni sanasi ERIELL Group kompaniyasiga muhtojlarga ko‘mak ko‘rsatish uchun yana bir sababga aylandi. Bu gal xayrli ishlarning manzili Toshkent shahridagi «Mehribonlik» nogironlarga ijtimoiy ko‘maklashish jamiyati bo‘ldi.   

Foto: ERIELL

Jamiyatning 75 nafar tarbiyalanuvchisi aksiyaning asosiy qahramonlari bo‘lib, ularga oziq-ovqat to‘plamlari topshirildi. Bu haqiqatda zarur bo‘lganlarga yetarli darajada e’tibor qaratish imkoniyati mavjud bo‘lgan muloqot vaqtiga aylandi.

Foto: ERIELL

ERIELL Group vakillarini nafaqat uchrashuv mehmonlarining tarixi, balki ular duch kelgan qiyinchiliklar ham qiziqtirdi. Muloqot doirasida ularni nima bilan qo‘llab-quvvatlash mumkinligi, jamiyatning kelgusida rivojlanishi uchun umuman olganda qanday yordam muhimligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Foto: ERIELL
Foto: ERIELL

«Jamiyatning har bir a’zosi – o‘ziga xos xususiyati, iste’dodi, muammo va qiyinchiliklariga ega bo‘lgan tengi yo‘q shaxsdir. Biz har bir insonga e’tibor qaratishga, qo‘llab-quvvatlashga, og‘ir vaziyatlarda yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilamiz. Bunday masalalarda ERIELL Group bizning e’tibordan chetda qoldirmaydigan do‘stlarimizga aylanishga ulgurdi, buning uchun biz ulardan minnatdormiz», – deydi «Mehribonlik» nogironlarga ijtimoiy ko‘maklashish jamiyati direktori Gul’takin Mamedova.  

Foto: ERIELL
Foto: ERIELL

3 dekabr har yili Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1992 yilda e’lon qilingan. 

Foto: ERIELL

Nogironligi bor shaxslar jamiyatning bir qismi hisoblanadi va ularga ma’lum qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam berish ularning yanada to‘laqonli hayot kechirish istagini qo‘llab-quvvatlash demakdir. ERIELL Group kompaniya rahbariyati va mamlakatning turli viloyatlaridagi xodimlarning tashabbuslari bilan imkon qadar tez-tez xayrli ishlar ishtirokchisi bo‘lishga harakat qiladi. "Boshqalarga bayram uyushtirsangiz o‘zingiz yanada yaxshi bo‘lasiz" shiori mazmunini kompaniyadagilar allaqachon anglab yetgan. Demak, xayrli ishlarning ro‘yxati yanada ko‘payaveradi.

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: