Parij-2024ga ilk litsenziya qo‘lga kiritildi

Sport 23:38 / 13.06.2022 23692

4-12-iyun kunlari o‘tkazilgan turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Server Ibragimov erkaklar o‘rtasida 50 metrga to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha bahslarda 200.7 ochko jamg‘argan holda bronza medaliga, 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha esa 217.1 ochko jamg‘arib kumush medalga sazovor bo‘lgan.

Shu tariqa, Server Ibragimov ushbu natijasi bilan delegatsiyamiz hisobiga 2ta medalni yozdirib qo‘yish bilan birga 2024 yil Parijda bo‘ladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, aynan Server Ibragimov Parij-2024ga litsenziya qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi. 

Ma’lumot uchun, 44 yoshli sportchi para o‘q otish bo‘yicha bir necha bor jahon va Osiyo chempionatlari sovrindori, shuningdek Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi sanaladi.

Ko‘proq yangiliklar: