O‘rikzor bozori hududida issiq suv quvuri yorilib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘rikzor bozori hududida issiq suv trubasi yorilgani bo‘yicha videolar tarqaldi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Videodan kadr
Vazirlikning ma’lum qilamizki, hozirgi vaqtda barcha kommunal tizimlarda kuz-qish mavsumiga sinov-tayyorgarlik ishlari ketmoqda.
“Xususan, issiq suv trubasi yorilgan ushbu bozor hududidan o‘tgan tarmoqda ham katta bosimda sinov ishlari olib borilayotgan bo‘lgan va D-800 mm magistral issiqlik tarmog‘ida quvur yorilishi kuzatilgan”, deyiladi ma’lumotda.
Vazirlik axborotida aytilishicha, ayni daqiqada mutaxassislar holatni bartaraf etish bo‘yicha ishlamoqda.