Nazarboyev Putin bilan uchrashdi. U bir necha kundan buyon Moskvada bo‘lgani aytilmoqda

Jahon 14:21 / 13.06.2022 19174

Xabarda aytilishicha, tomonlar Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birini tabriklagan. Nazarboyev va Putin bir-biriga salomatlik tilab, keyinchalik muloqotni davom ettirishga kelishib olgan.

Qozog‘iston mustaqil OAVlari Nazarboyev bir necha kundan buyon Moskvada bo‘lgani haqida yozishmoqda. Jurnalistlar elboshi samolyotining parvozlar tarixini kuzatib shunday xulosaga kelgan, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Putin bilan uchrashuvdan avval Nazarboyevning Moskvada yurgani ko‘ringan suratlar tarqaldi. Kreml rasmiy saytida hozircha Nazarboyev bilan uchrashuv haqida xabar berilmagan.

Avvalroq Nazarboyev nafaqada ekani va dam olayotganini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: