Slovakiya Ukraina harbiy texnikasini ta’mirlaydi va modernizatsiya qiladi 

Jahon 07:53 / 11.06.2022 6200

Slovakiya sharqidagi Moldava-Bodvou shahrida joylashgan Konstrukta Defence zavodi yaqinda Ukraina armiyasining Rossiya qo‘shinlari bilan janglarda shikastlangan harbiy texnikalarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish uchun qabul qilishni boshlaydi. Bu haqda 10 iyun, juma kuni mamlakat mudofaa vaziri Yaroslav Nad ushbu davlat korxonasiga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.

Zavod direktori Aleksandr Gurskiyning jurnalistlarga aytishicha, Konstrukta Defence asosan artilleriya qismlari va raketalarni ishlab chiqarish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Korxonaning eng mashhur mahsuloti - o‘ziyurar gaubitsa Zuzana 2 (kalibri - 155 millimetr). Iyun oyi boshida Ukraina Slovakiya bilan sakkizta shunday gaubitsa yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi. 

Urush boshlanganidan beri Slovakiya Ukrainaga 154 million yevrolik qurol-yarog‘ jo‘natgan – mudofaa vaziri Yaroslav Nadning bu haqdagi oraliq hisoboti vazirlik tomonidan 8 iyun kuni o‘z saytida e’lon qilindi. Xususan, gap S-300 zenit-raketa komplekslari haqida bormoqda. Hozir esa Slovakiya Ukrainaga MiG-29 qiruvchilarining partiyasini yuborishga tayyorlanmoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: