O‘zbekiston va BAA davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish sohasida hamkorlik muddatini uch yilga uzaytirdi

Iqtisodiyot 10:39 / 11.06.2022 21269

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida BAA hukumati bilan 2019 yil aprel oyidan buyon birga ro‘yobga chiqarilayotgan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturini hayotga joriy etish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik natijalari muhokama qilindi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

So‘nggi 3 yil ichida dastur doirasida 142 ta seminar o‘tkazilgani, 25 ta yo‘nalishda 175 ta tashabbus, shu jumladan “Hukumat akseleratori”, “Bir million dasturchi”, “Yosh rahbarlar” kabi loyihalar hamda mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy hayot turli sohalarini qamrab olgan boshqa muhim tashabbuslar ilgari surilgani qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish sohasidagi hamkorlik muddatini keyingi uch yilga uzaytirish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Yangilangan dastur konsepsiyasi moliya, ta’lim, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi, bojxona va logistika sohalarida Birlashgan Arab Amirliklari ko‘magida yangi o‘quv dasturlari, malaka oshirish va boshqa tadbirlarni tashkil etishni nazarda tutadi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Ko‘proq yangiliklar: