Bahodir Jalolov professional boksdagi 11-jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi

Sport 08:26 / 11.06.2022 40809

Showtime tomonidan tashkil etilgan turnirda o‘zbekistonlik bokschiga belgiyalik Jyek Mulovey (11-3-1, 7KO) raqiblik qildi. 

Jang 8 raundga mo‘ljallangan edi. Bahodir deyarli barcha raundlarda ochkolar bo‘yicha ustunlik qildi,  6-raund oxirida raqibini nokdaun holatiga tushirdi, so‘nggi raund boshida esa «pishib yetilgan» nokaut ro‘y berdi. Natijada hamyurtimiz nokautli seriyasini davom ettirdi.

Ma’lumot uchun, bu Jalolovning professional faoliyatidagi 11-jangi bo‘ldi. U avvalgi bahsini 18 mart kuni BAAda o‘tkazib, Kamil Sokolovskini 5-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: