Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistondan qiymati 1,1 mlrd AQSh dollariga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Qayd etilishicha, bu umumiy eksport hajmining 15,1 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga o‘sgan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondan 4 oy davomida dunyoning 62 ta davlatiga 452 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi quyidagicha:
- paxtadan yigirilgan ip – 592 mln;
- tayyor trikotaj mahsulotlari – 249 mln;
- naqshli mato – 90,7 mln;
- paxtadan gazlamalar – 48 mln;
- ipak va ipak mahsulotlari – 21 mln;
- paxta mahsulotlari – 14,2 mln;
- gilamlar – 9,7 mln;
- boshqa to‘qimachilik mahsulotlari – 41 mln AQSh dollari.
Bundan oldin O‘zbekiston mahsulotlari asosan Xitoyga sotilayotgani ma’lum bo‘lgandi.