Jizzaxda YPX xodimidan qochib ketgan haydovchining mashinasidan pnevmatik to‘pponcha va avtoraqam bo‘laklari topildi
Haydovchi avvaliga pnevmatik to‘pponchani va avtoraqam bo‘laklarini topib olganini, keyin esa noma’lum shaxsdan shunchaki qiziqish uchun olganini aytgan.

Foto: Videodan kadr
Jizzax viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 7 iyun kuni Paxtakor tumanida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan hujjatlarni tekshirish maqsadida 4R-35 avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatga olingan 70 D 340 MA Nexia mashinasi haydovchisiga to‘xtash ishorasi berilgan.
Haydovchi YPX xodimining ishorasiga bo‘ysunmasdan qochib ketgan. YPX xodimlarining sa’y-harakatlari bilan qoidabuzar haydovchi Jizzax shahri hududida to‘xtatilib, ushlangan.
Shundan so‘ng mashina tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganda uning yukxonasida pnevmatik to‘pponcha va rezina tayoq borligi aniqlangan. Bundan tashqari, mashinada o‘nga yaqin boshqa mashinalarning davlat raqamlaridan kesib olingan turli harflar va raqamlar tasvirlangan bo‘laklar topilgan.
Qayd etilishicha, qoidabuzar haydovchining xatti-harakatlari yuzasidan surishtiruvlar o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

13:45 / 13.02.2025
2024 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

18:32 / 30.01.2025