Jizzaxda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi ikki nafar bolani urib yubordi

Jamiyat 18:53 / 09.06.2022 25752

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 24 may kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududida temiryo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘lgan.

Toshkent – Samarqand yo‘nalishida soatiga 190 kilometr tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan temir yo‘lning 3652- kilometrida 2 nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborgan.

Marjonbuloq shaharchasidagi 73-maktabning 8-sinf o‘quvchilari bo‘lgan jabrlanuvchilar zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ammo shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan ulardan biri vafot etgan. Ikkinchisi jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida poyezd bir kunda ikki kishini urib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: