Norma’ning yozishicha, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sanoat maydonlarini tashkil qilishga 2022 yilda maxsus iqtisodiy zonalarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlari manzilli dasturi tasdiqlandi.
Dastur bilan belgilanishicha, bosh reja loyihalarini ishlab chiqish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hamda hududlardagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda bosh rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Obektlarni moliyalashtirish esa KSZ bosh rejalari ishlab chiqilgandan so‘ng ta’minotchi tashkilotlar tomonidan berilgan texnik shartlar asosida amalga oshiriladi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2022 yilda MIZ, KSZ, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlari yig‘ma parametrlari;
quyidagilar:
2022 yilda kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi;
2022 yilda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi;
2022 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tadbirlarining manzilli dasturi.
Hujjat bilan 2022 yilda hududlarda 363,29 ga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda 104 ta yangi KSZni tashkil qilish nazarda tutilmoqda.