Suhbat chog‘ida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari kompaniyaning umumiy faoliyati, shuningdek, aksiyalarni navbatdagi ommaviy joylashtirish (IPO) borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan uglevodorodlar zaxiralarini xalqaro standartlar asosida mustaqil hisob-kitoblari tizimli ravishda amalga oshirilib, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq audit o‘tkazilmoqda. Shuningdek, “DeGoler & MacNaughton”, “Ernst & Young”, “KPMG, PwC” va boshqa dunyodagi shu kabi nufuzli maslahatchilar bilan faoliyat samaradorligiga erishilmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida va “O‘zbekneftgaz” AJning kredit qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida uzoq muddatli kredit reytingi (VV-/Barqaror) berildi, ushbu reyting O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingiga mos keladi.
Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari aksiyadorlik tarixida ilk bor London fond birjasida RegS/144A formatida 7 yil muddatlik 700,0 million AQSh dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirilgani haqida xabar berishdi.
Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ tomoni London fond birjasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorligi bildirildi.
London fond birjasi delegatsiyasi “O‘zbekneftgaz” AJ aksiyalarini ommaviy joylashtirish muhimligini ta’kidlashdi.
Bundan tashqari, fond birjasi vakillari tomonidan kompaniyaning barqaror rivojlanishi zarurligi, shu jumladan ESG standartlarini joriy etishni hisobga olgan holda jahon bozorida sanoat kompaniyalari orasida jozibadorlikni oshirish tavsiya qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bir-biriga suhbat uchun minnatdorchilik bildirishdi hamda kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlashga umid bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz London fond birjasiga 1801 yilda asos solingan va bugungi kunda Yevropaning nufuzli fond birjasidir. O‘z navbatida, moliyaviy bozor infratuzilmasi hamda daromadi jihatidan dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Birja jahon aksiyalar savdolarining 30 foizini amalga oshiradi, 6,8 trillion funt sterlingdan ortiq aktivlarni boshqaradi va Jahon valuta operatsiyalarining 37 foizidan ortig‘ini amalga oshiradi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ