O‘zbekistonga import olma asosan Erondan olib kelinmoqda
Eron olma mevasini O‘zbekistonga eksport qiluvchi davlatlar ichida yetakchilik qilmoqda.

Foto: Kun.uz
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 9,0 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 22,4 ming tonna olma mevasi import qilingan.
Qayd etilishicha, olma importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 ming tonnaga yoki 19,6 barobarga oshgan.
O‘zbekiston 4 oy mobaynida eng ko‘p olma mevasini import qilgan davlatlar orasida Eron yetakchilik qilmoqda – 15,2 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Polsha – 2,2 ming tonna;
- Moldova – 1,5 ming tonna;
- Ukraina – 1,8 ming tonna;
- Turkiya – 732,6 tonna;
- Xitoy– 523,6 tonna;
- Qozog‘iston – 164,3 tonna.
Bundan oldin O‘zbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025