Buxoroda pul evaziga imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan avtomaktab o‘qituvchisi qo‘lga olindi
O‘qituvchi bu “xizmati” uchun 100 AQSh dollari talab qilgan va pulni olayotganda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Murod ismli fuqaro IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida Buxoro shahridagi “Omadli haydovchi” MChJ avtomaktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi Sherzod ismli shaxs haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlardan o‘tkazib berish evaziga 100 AQSh dollari talab qilayotganligini bildirgan.
2022 yil 27 may kuni boshqarma xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘qituvchi arizachidan kelishilgan pulni olayotganda jinoyat ustida ushlangan.
Avtomaktab o‘qituvchiga nisbatan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Shofirkon tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:57 / 03.03.2025
“Pora emas, rahmat sifatida bergandi” – Toshkentda pora olgan IIB tergovchisi qamaldi

00:41 / 27.01.2025
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi

11:30 / 11.01.2025
Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

18:18 / 03.01.2025