Toshkentda «prava» olib berishni va’da qilgan o‘quv tashkiloti rahbari ushlandi

Jamiyat 12:17 / 04.06.2022 12691

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda IIBning Mirobod tuman bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “Vatanparvar” tashkiloti “Chilonzor o‘quv sport texnika klubi” unitar korxonasi boshlig‘i F.E. fuqaro J.ga “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun 3 oylik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmasdan, o‘qiganlik haqidagi guvohnomani tayyorlab berishi evaziga dastlab 1,5 mln so‘mni qo‘lga kiritib, qolgan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mahkama xabarida aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Samarqand viloyatida imtihonsiz “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingandi.

Ko‘proq yangiliklar: