2022 yilning 4 iyun kuni taxminan soat 00:25 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Oqqo‘rg‘on ko‘chasida «Lacetti» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan 21 yoshli S.N. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish ustuniga urilgan.
YTH natijasida «Lasetti» rusumli avtomashina haydovchisi S.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, biroq tibbiyot xodimlarining urinishlariga qaramay, u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
IIBB xabarida aytilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.