Maksim Shatskix «Paxtakor» sport direktori sifatida ish boshladi 

Sport 16:57 / 02.06.2022 22845

«Kiyevning «Dinamo» va O‘zbekiston milliy jamoasidagi ajoyib faoliyati orqali ko‘plab muxlislar mehrini qozongan, Yevropa maydonlarida yurtimiz nomini tanitgan Maksim Shatskix «Paxtakor» sport direktori sifatida ishga kirishdi. Klub va Shatskix o‘rtasida bitimga imzo chekildi. 

Foto: Paxtakor

Faoliyati davomida Valeriy Lobanovskiy singari mutaxassis qo‘l ostida «Dinamo» Kiyevda o‘ynagan Shatskix zamonaviy futbol bilimlarini yaxshi o‘zlashtirgan. U klubimizga akademiyadan asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o‘tishiga yordamlashadi, yosh va yuqori salohiyatli futbolchilarni topishga intiladi. Bu borada u o‘ynagan «Dinamo» MDHda yetakchilardan biri sanaladi. Umid qilamizki, Shatskix klubimizning yangi darajaga ko‘tarilishi va ko‘plab sovrinlarga ega chiqishiga o‘zining katta hissasini qo‘shadi», - deyiladi klub xabarida.

Foto: Paxtakor

Avvalroq, OChLdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng klub sport direktori Ja’far Irismetov va Sobir Xodiyev jamoani tark etgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Shatskix 2020-21 yilgi mavsumda Rossiyaning «Rotor» klubida bosh murabbiy Aleksandr Xatskevichning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: