Osiyo kubogi-U23. O‘zbekiston Turkmanistonni mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylanib oldi

Sport 22:35 / 01.06.2022 24700

«Paxtakor» stadionida o‘yindan avval ochilish marosimi o‘tkazilib, o‘yingohda 15 mingdan ortiq tomoshabin yig‘ildi. Temur Kapadze murabbiyligidagi vakillarimiz dastlabki daqiqalardan o‘yinni nazorat qilib, hujumkor to‘p surgan bo‘lishsa-da, hisob 75-daqiqaga kelib ochildi.

Muhammadqodir Hamraliyevning zarbasidan keyin turkmanistonlik himoyachi to‘pni qo‘l bilan o‘ynagach, suriyalik bosh hakam belgilangan penaltini Ulug‘bek Hoshimov darvozaga yo‘llab, jamoamizning turnirdagi ilk goliga mualliflik qildi – 1:0.

Yakunda ushbu gol O‘zbekistonga turnirdagi ilk g‘alabani keltirdi va Kapadze shogirdlari «A» guruhi 1-turidan keyin 3 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilishdi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Eron Qatar bilan durang (1:1) qayd etdi.

Osiyo kubogi-U23. 1-tur
1 iyun (chorshanba)
O‘zbekiston U23 — Turkmaniston U23 – 1:0

Bosh hakam: Hanna Hattob (Curiya)
Gol: Ulug‘bek Hoshimov, 75 penaltidan.
O‘zbekiston U23: 1. Abduvohid Ne’matov, 3. Doston Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 10. Jasur Jaloliddinov (14.Abbosbek Fayzullayev, 70), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (9.Ulug‘bek Hoshimov, 62), 13.Eldor Begimov, 16.Alibek Davronov (15.Odilbek Abdumajidov, 80), 17.Diyor Xolmatov (8.Ibrohim Ibragimov, 62), 20. Husayn Norchayev (19.Ruslanbek Jiyanov,71), 23. Abduraf Bo‘riyev.
Turmaniston U23: 22.Rasul Choriyev, 2.Ixlos Toyjonov, 6.Roman Galkin (4.Vepa Jumayev, 46), 7.Rahmon Murotberdiyev (14.Teymur Choriyev, 60), 8.Mirza Beknazarov, 9.Begenchmurod Murodov, 10.Meylis Diniyev, 11.Shamammet Hidirov, 15.Dovran Berdiyev (17.Dayanch Meredov, 81),  19.Arzuvguli Saparguliyev, 23.Velmurod Ballakov.

Ko‘proq yangiliklar: