Borrel Ukrainadagi urush uzoq davom etishini aytdi

Jahon 16:24 / 30.05.2022 14757

YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Ukrainadagi nizo uzoqqa cho‘ziladi deb hisoblamoqda.

"Biz chidashimiz kerak. Urush uzoq davom etadi, Rossiyaning tajovuzkorligi kuchaymoqda. Biz Ukrainani kurash vositalari bilan ta’minlashni va Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bosimni davom ettirishimiz kerak", - dedi u France Info radiosi efirida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya iqtisodiyoti to‘xtay boshladi" va Moskvaga yanada bosim ko‘rsatilishi Kiyevni bo‘lajak tinchlik muzokaralarida manfaatli pozitsiya bilan ta’minlaydi. 

Borrel shuningdek, sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilishiga umid bildirdi. 

"Bugun kunning ikkinchi yarmida bu masala bo‘yicha kelishuvga erishamiz deb o‘ylayman", - dedi u. 

Yevropa diplomatiyasi rahbari Ukrainadan g‘alla import qilish masalasini tezroq hal qilish zarurligiga e’tibor qaratdi. 

"Ukrainada 20 mln tonna g‘alla saqlanmoqda. Uni yakuniy iste’molchilarga yetkazib berish zarur. Yangi hosil uchun omborlarni bo‘shatish kerak, aks holda uni saqlagani joy topilmaydi", - dedi u. 

Ko‘proq yangiliklar: