Xitoyda reklamada tasdiqlanmagan ma’lumot bergan aktrisa 1 mln dollar jarimaga tortildi

Jahon 15:32 / 28.05.2022 10576

Xitoylik aktrisa Tszin Tyan reklamada noto‘g‘ri ma’lumot bergani uchun 7,22 mln yuan (1 mln dollar) jarimaga tortildi. Bu haqda Xitoy bozorlarni nazorat qilish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, jarimaga tortish to‘g‘risidagi qaror qonunbuzilishi holati yuz bergan Guanchjou shahridagi tegishli organ tomonidan chiqarilgan.

Boshqarmaning ma’lumot berishicha, aktrisa Wuxianchang Jiankang kompaniyasi ishlab chiqargan oziq-ovqat mahsulotini iste’molchilarga uning sifati haqida aytgan ma’lumotlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjatsiz reklama qilgan. Xususan, Tszin Tyan bu mahsulot yog‘ va qandning oson o‘zlashtirilishiga yordam berishini ta’kidlagan.

Aktrisadan tashqari, Wuxianchang Jiankang kompaniyasiga nisbatan ham tegishli chora ko‘rilgan.

Ko‘proq yangiliklar: