Korzinka bolalar bayramiga ajoyib sovg‘a – "Joykis: Grand Tour" ekologik o‘yinini taqdim etadi

O‘zbekiston 09:00 / 26.05.2022 5253

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida yana bir yangi va foydali o‘yin aksiyasi – "Joykis: Grand Tour"ni tuhfa etdi.

O‘yin o‘sib kelayotgan bolalar va yoshlarda atrof-muhitga, ekologiyaga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yuksaltiradi. Ularning ekologik tarbiyasini oshiradi.

Siz ilk qadamlarni aksiya haqida batafsil ma’lumot olish – krzn.uz/joykis yoki smartfonlar va planshetlar uchun mo‘ljallangan, bepul Joykis: Grand Tour ilovasini yuklab olish bilan bossangiz bo‘ladi.

O‘yinning mohiyati nimada?

Hammasi juda oddiy: QR kodli kartalarni sotib olib, ularni skanerlash orqali poygada ishtirok etuvchi Joykini olish mumkin. O‘yinchilar (Joykilar) to‘rtta jamoaga bo‘lingan – O‘rmon, Shahar, Suv va Havo joykilari.

Har bir jamoaning o‘ziga xos kuch va poyga qilish usullari bor. Maqsad energiyaga aylanuvchan qayta ishlanadigan chiqindilarni yig‘ish, har bir jamoada qayta ishlanadigan energiyaning turi farq qiladi.

Kartochkalar takrorlanib qolishi mumkin, bundan hech ham xavotir olmang. Takroriy kartochka o‘yinchiga qo‘shimcha quvvat beradi va uning imkoniyatlarini yaxshilaydi.

O‘yin 3 yoshdan katta bolalar va ularning ota-onalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘sib-unib kelayotgan bolakay yoki qizaloqda oson, yengil uslubda tabiatga mehr-e’tibor uyg‘otadi.

O‘yin orqali sodda uslubda chiqindilarni taqsimlash vositasida qanday qilib ekologiya uchun foydali ishlar qilish mumkinligi tushuntirib boriladi.

Qulay va yoqimli interfeysga ega o‘yin bora-bora hatto ota-onalarning ham foydali ovunchog‘iga aylanib qolishi tayin.

Aksiyada qanday qilib qatnashish mumkin?

Korzinka o‘zining yangi loyihasi – "Joykis: Grand Tour" aksiyasida loyiha hamkorlari – "365 kun" va "Iz Korzinki" brendlaridan istalgan tovarni xarid qilib, ishtirok etish mumkin.

  • Hamkor mahsulotlaridan biri xarid qilinsa, kartaning narxi 2000 so‘mdan 500 so‘mgacha tushadi;
  • Xarid chekida 40 000 so‘mdan yuqori qiymat egasi ham maxsus narxda karta sotib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadi (chekdagi har 40 ming so‘m uchun siz yana bir shunday imkoniyatga ega bo‘lasiz).

Ma’lumot uchun, "Joykis: Grand Tour" loyihasi "Korzinka"ning birinchi ta’lim tashabbusi emas. Savdo tarmog‘i qo‘shimcha voqelik bilan boyitilgan kitoblarni chiqarishni an’anaga aylantirdi, misol uchun, jahon adabiyoti klassikasigasiga aylanib ulgurgan "Qarsildoq", "Qor qirolichasi" va "Alisa mo‘jizalar yurtida" kitoblari shular jumlasidandir.

Ushbu loyihalarga bo‘lgan yuqori qiziqish supermarketlar tarmog‘i jamoasini ko‘plab oilalar va ayniqsa, ularning farzandlari uchun foydali tarbiyaviy loyiha – "Joykis: Grand Tour"ga ilhomlantirdi.

Xalqaro bolalar huquqlarini himoya qilish kunida farzandingizga Joykilar bilan o‘yinni sovg‘a qiling, "Korzinka" sizni qo‘llab-quvvatlaydi!

Murojaat uchun telefon: (+998) 78-140-1414.

Facebook: fb.com/korzinkauz

Instagram: @korzinkauz

Telegram (o‘zbek tilida): t.me/korzinkauzb

Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz

Rasmiy sayt: korzinka.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: