Turkiya tashqi ishlar vaziri Falastin va Isroilga boradi

Jahon 23:06 / 23.05.2022 6229

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li 24-25 may kunlari Falastin va Isroilga tashrif buyuradi

Mamlakat tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Chovusho‘g‘li 24 may kuni Falastinda bo‘lib o‘tadigan Turkiya va Falastin tashqi ishlar vazirlari qo‘shma qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etadi. 

Shuningdek, Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy hamda prezident Mahmud Abbos bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Chovusho‘g‘li 25 may kuni Isroilda mamlakat tashqi ishlar vaziri Yair Lapid bilan uchrashuv o‘tkazadi. Xabar qilinishicha, muzokaralar ikki tomonlama va kengaytirilgan shaklda o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: