Toshkentda Turkmaniston manatini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi

O‘zbekiston 07:54 / 23.05.2022 6057

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan valuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar R.B. va O.A. o‘zaro til biriktirib, fuqaro R.ga 77,9 ming Turkmaniston manatini 6 500 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Chilonzor tumanida joylashgan “Korzinka” savdo markazi oldida ham tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar B.A. va A.Q. o‘zaro til biriktirib, 213 ming Turkmaniston manatini fuqaro R.ga 13 ming AQSh dollari va 60 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Mahkama xabarida aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: