Donbassdan qochayotgan ayollar va bolalar, Varshavada tayyorlanayotgan belaruslik ko‘ngillilar. Urush suratlari

Jahon 13:54 / 23.05.2022 28085

22 may kuni Ukraina Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan MDH davlatlari xalqlarining xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqdi. OAV va Ukraina hukumati Energodardagi uylardan biridagi portlash haqida xabar bergan — o‘zini yangi mer deb e’lon qilgan Andrey Shevchik va uning qo‘riqchilari yaralangan. Oliy rada Ukrainada harbiy holat rejimini 23 avgustga qadar uzaytirdi. Medinskiy Ukrainani muzokaralarni muzlatib qo‘yishda aybladi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qolgani haqida RF tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko va Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak 17 may kuniyoq aytgandi, o‘shanda Podolyak uning mamlakati «Putinning yuzini saqlab qolish uchun» nimadir bermoqchi emasligi haqida gapirgandi. 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Polsha prezidenti Andjyey Duda Kiyevdagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida
AP Photo/Efrem Lukatsky

Ukrainada urushning 89-kuni. Asosiy ma’lumotlar

  • Ukraina Oliy radasi harbiy holat va umummilliy safarbarlik rejimini uch oyga – 23 avgustga qadar uzaytirdi.
  • Ukraina Bosh shtabi rossiyaliklar asosiy kuchini Severodonetskka qaratgani, sharqiy frontning boshqa yo‘nalishlarida harbiy harakatlar intensivligi pasayganini ma’lum qildi. Shaharga to‘rt tomondan hujum qilinmoqda.
  • Energodar shahrining ruslar tomonidan tayinlangan kollaborant meri va uning qo‘riqchilari turar joy binosiga kirishda ro‘y bergan portlash tufayli yaralandi. Rossiya Tergov qo‘mitasi suiqasd bo‘yicha tekshiruv boshlagan.
  • Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi jarayoni «15 yoki 20 yilga» cho‘zilishi mumkin, bu haqda yakshanba kuni Fransiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha vaziri Kleman Bone ma’lum qildi.
  • BMTning Qochqinlar ish bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi butun dunyodagi qochqinlar soni 100 milliondan oshgani va bunda Ukrainadagi urushning ham hissasi katta ekanini ma’lum qildi.
  • Polsha prezidenti Andjyey Duda Ukraina Oliy radasida chiqish qildi va 24 fevraldan buyon bu ishni video orqali emas, «jonli» amalga oshirgan ilk xorijlik yetakchi bo‘ldi. U yana bir bor Polsha Ukrainani to‘la qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
  • Polsha va Ukraina chegara orqali odamlar va mahsulotlar harakatini osonlashtirish uchun qo‘shma bojxona nazorati va birlashgan temiryo‘l kompaniyasi tashkil etish bo‘yicha kelishib oldi.
Belaruslik ko‘ngillilar Varshava yaqinida otish mashg‘ulotlarini o‘tamoqda. AP Photo/Michal Dyjuk

Quyida 22 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Mariupol

Rossiyalik harbiy xizmatchilar Mariupoldagi «Azovstal» metallurgiya zavodi hududini minalardan tozalamoqda.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti hududidagi rossiyaparast harbiylar.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupol atrofidagi Eski Qrimda ishlayotgan dafn idorasi xodimlari. Bu yerda Rossiya harbiylari okkupatsiyasi vaqtida ko‘plab ommaviy qabrlar topilmoqda.
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Eski Qrimdagi yangi qabrlar.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Ukraina armiyasi harbiysi Lugansk oblasti Lisichansk shahri atrofidagi bo‘m-bo‘sh yo‘ldan ketmoqda. Lugansk oblasti rahbari Sergey Gaydayning xabariga ko‘ra, 22 may kuni shahar RF armiyasi tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 13 uy, butun oblast bo‘yicha esa 70 dan ortiq uy shikastlangan. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Keksa yoshli ayol Donetskdan shimolda joylashgan Baxmut shahridagi vayronalar orasidan o‘tmoqda. Donetsk oblasti politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 22 may kuni rossiyalik harbiylar zarbalari oqibatida oblastda 74 ta fuqarolik obekti: turar joylar, maktablar, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, kommunal xizmatlar obektlari shikastlangan. Kun davomida 18 bor zarba berilgan.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina sharqidagi Pokrovsk shahridan poyezd orqali evakuatsiya. Sharqdagi hududlar aholisi xavfli hududlardan qochishga harakat qilmoqda, so‘nggi kunlarda front atrofidagi hududlar intensiv ravishda o‘qqa tutilmoqda. AP Photo/Francisco Seco
Pokrovsk shahridan poyezd orqali evakuatsiya. AP Photo/Francisco Seco
Pokrovsk shahridan poyezd orqali evakuatsiya bo‘layotgan katta yoshli kishi va bola.
AP Photo/Francisco Seco
Baxmutdan avtobus orqali evakuatsiya qilinayotgan ona va bola. Ukraina qurolli kuchlari Rossiya armiyasi Baxmut yo‘nalishida artilleriya orqali o‘z taktik holatini yaxshilash uchun harakat boshlaganini ma’lum qilgan.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Pokrovskdagi shifoxona bemorlaridan biri, shahar Donetsk oblastining shimoli-g‘arbida joylashgan.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchisi termal monokulyar orqali Donetsk atrofidagi artilleriya pozitsiyasini kuzatmoqda. Bunday monokulyarlar nishonni kunning istalgan vaqtida istalgan ob-havo sharoitida kuzatish imkonini beradi.
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi Donetsk yaqinidagi artilleriya pozitsiyasida tushlik qilmoqda.
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasidan keyin Lisichanskda neftni qayta ishlash zavodida ko‘tarilgan quyuq tutun.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETAAris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Xarkov oblasti

Ukraina hududiy mudofaa qismlari a’zolari ikki oy davomida rossiyaliklar ishg‘olida bo‘lgan Russkiye Tishki qishlog‘i atrofidagi front chizig‘ida navbatchilik qilmoqda. Rossiya armiyasi Xarkovning ayrim rayonlaridan chekingach, uning ayrim qismlari shahar shimolida qolishda davom etmoqda va o‘q uzmoqda.
John Moore / Getty Images
Hududiy mudofaa qismlari harbiysi front chizig‘idagi navbatchilik chog‘ida Russkiye Tishki qishlog‘idagi uyni tekshirmoqda.
John Moore / Getty Images
Ko‘proq yangiliklar: