JSST dunyo bo‘yicha maymun chechagi kasalligini yuqtirish holatlari ko‘payganini ma’lum qildi
Qayd etilishicha, kasallik bemor bilan yaqin muloqot qilganda yuqadi.

Foto: UK Health Security Agency/Science Photo Library
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi kasalligini yuqtirish bo‘yicha 80ga yaqin holatni tasdiqladi. Yana 50 holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
«Ilgari xabar qilingan 11 mamlakatdagi kasallanish holatlari g‘ayrioddiy hisoblanadi, chunki holatlar endemik bo‘lmagan davlatlarda qayd etilgan», — deyiladi tashkilot xabarida.
Ma’lum qilinishicha, JSST maymun chechagi kasalligi tarqalishi darajasi va uning sabablarini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Shuningdek, qayd etilishicha, kasallik bemor bilan yaqin muloqot qilganda yuqadi.
Maymun chechagi kasalligini yuqtirish holatlari Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya, Kanada, AQSh va Avstraliyada aniqlangan.
Mavzuga oid

00:47 / 07.03.2025
JSST: 1 mlrd inson eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

16:42 / 21.02.2025
AQSh BMT tarkibidan chiqish va uni moliyalashtirishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqadi

23:03 / 11.02.2025
JSST bolalar uchun saratonga qarshi bepul dorilar tarqatish dasturini ishga tushirdi

22:22 / 05.02.2025