Qozog‘iston va Qirg‘iziston maxsus xizmatlari 1,8 mln dollarlik giyohvandlik moddalarini musodara qildi
Jinoyat sodir etishda gumonlanib to‘rt nafar qozog‘istonlik va uch nafar qirg‘izistonlik qo‘lga olingan. Ikkita narkolaboratoriya yo‘q qilingan.

Foto: Qirg‘iziston IIV
Qirg‘iziston IIV giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish xizmati va Qozog‘iston maxsus xizmati xodimlari internet orqali Markaziy Osiyo mamlakatlariga giyohvandlik moddalari yetkazish va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy tarmoqni yo‘q qildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hamkorlikdagi maxsus operatsiya 2021 yil noyabrdan 2022 yil apreligacha o‘tkazilgan.
Jinoyat sodir etishda gumonlanib to‘rt nafar qozog‘istonlik va uch nafar qirg‘izistonlik qo‘lga olingan. Ikkita narkolaboratoriya yo‘q qilingan.
Maxsus operatsiya davomida 31 kilogramm 265 gramm giyohvandlik moddalari musodara qilingan.
"Giyohvandlik moddalarini sotishdan ko‘riladigan foyda taxminan 155 million 545 ming som yoki 1 million 808 ming dollarni tashkil etishi mumkin edi", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

20:37 / 10.03.2025
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi

16:57 / 10.03.2025
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

17:10 / 07.03.2025
Olmaotada erkak pichoq bilan aeroport xodimiga tashlandi. Uni tanishini kuzatgani kelgan shaxs zararsizlantirdi

16:59 / 06.03.2025