QQS boshog‘riqlari: SSP tadbirkorlar bilan norasmiy suhbat uyushtirdi

O‘zbekiston 18:04 / 16.05.2022 7750

Shu bilan birga, muammolar va yechimlarni ochiq muhokama qilish uchun maydon yaratish haqida suhbatlashildi.

Tadbirkorlar tomonidan birqancha og‘riqli masalalar ko‘tarildi. Bahslar davomida:

  • inson omilini istisno qilish maqsadida QQS qaytarilishi jarayonini avtomatizatsiya qilish;
  • QQS qaytarilishi muddatlarini qonun darajasida aniq belgilab qo‘yish;
  • qarama-qarshi tekshiriladigan kontragenlar sonini, ular kompaniyaga bo‘yso‘nmagan holatda, 1-2taga qisqartirish;
  • sud hukmisiz hisobraqamlardagi mablag‘larni muzlatish va QQSni qo‘shimcha hisoblash tartibini bekor qilish;
  • yetkazib beruvchi tashkilotlarning soliq qarzlari bo‘yicha javobgarligini boshqalarga yuklovchi QQS bo‘yicha uzilish koeffitsiyentini bartaraf qilish (me’yoriy hujjatlarda bu koeffitsiyentning maqomi mavjud emas);
  • kameral tekshiruvning muddati va predmetini aniq belgilash bo‘yicha takliflar berildi.

Bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish kerakligi aytildi. Mas’ullar aloqa raqamlari bilan bo‘lishishdi.

Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: