Radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston milliy harakatlar rejasi tasdiqlanadi

O‘zbekiston 08:45 / 14.05.2022 2913

Vazirlar Mahkamasining “2022-2024 yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston milliy harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

2022-2024 yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston milliy harakatlar rejasi;

2022-2024 yillarda kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan O‘zbekiston milliy harakatlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha milliy ekspertlardan iborat bo‘lgan ishchi guruh tasdiqlanadi, bunda ishchi guruh tarkibiga kiradigan mutaxassislar milliy ekspertlar hisoblanadi.

Quyidagilar milliy harakatlar rejasini amalga oshirish doirasida asosiy vazifalar etib belgilanadi:

yadro, kimyoviy va biologik qurol-yarog‘ hamda uni yetkazib berish vositalarini noqonuniy ko‘chirish va tarqatishning oldini olish;

xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan talablar va qoidalarni o‘z vaqtida bajarish;

kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan boshqa vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish.

Belgilanishicha:

milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi monitoringi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklanadi;

milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishini so‘zsiz ta’minlash uchun mutasaddi vazirliklar va idoralarning birinchi rahbarlari mas’ul.

Milliy harakatlar rejasi xalqaro tashkilotlar, sherik mamlakatlar yoki donorlar tomonidan beriladigan mablag‘lar, shuningdek, milliy harakatlar rejasi doirasida jalb etilgan tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: