Toshkentda qahva va choy festivali bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 07:47 / 13.05.2022 2414

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, festival mehmonlari qahva, salqin ichimliklar, kakao, smuzi va boshqa mualliflik ichimliklarini tatib ko‘rishi mumkin bo‘ladi. 

Tea&Coffee Expo ko‘rgazmasida O‘zbekistonning eng yaxshi qahva qovuruvchilaridan qahva donalarini xarid qilsa bo‘ladi. Festival sohaning barcha yangiliklarini taqdim etib, qahva damlash uchun aksessuarlarni ham namoyish etadi. 

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar esa o‘z qahvaxonasi uchun franshiza xarid qilishi mumkin.

Dasturdan seminarlar, ma’ruzalar, mahorat darslari va degustatsiyalar, barista kasbi to‘g‘risida davra suhbati va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘rin olgan.

Festival tashkilotchilari: Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Baristalar uyushmasi va “Makon” telekanali.

Avvalroq O‘zbekiston uch oyda 11 mln dollarlik choy import qilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: