Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar qaytadan boshlangani ma’lum qilindi

Jahon 14:37 / 13.05.2022 6147

Ikki oylik tanaffusdan so‘ng Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar qaytadan boshlandi. Bu haqda Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muzokaralar qaytadan boshlangan.

Joriy hafta boshida Yevropa tashqi aloqalar xizmati rahbari o‘rinbosari Enrike Mora Tehronga safar qilgandi. U Venadagi muzokaralarda YeI nomidan qatnashadi.

Avvalroq Eron tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Said Xatibzoda AQSh sanksiyalar natijasida eronliklarga yetkazilgan zararni qoplab bersa, Eron yadroviy kelishuvni imzolashga tayyorligini aytgandi. 

2015 yilda Eron va BMT xavfsizlik kengashi a’zolari (AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya) hamda Germaniya o‘rtasida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv imzolangandi. 

AQSh 2018 yilda kelishuvdan bir tomonlama tartibda chiqib ketganidan so‘ng, Eron kelishuv bo‘yicha majburiyatlarini bajarishni to‘xtatgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: