Buyuk Britaniyada minglab odamlar o‘zlari tashlaydigan plastik chiqindini hisoblab ko‘rishadi

Jahon 14:31 / 13.05.2022 3209

Buyuk Britaniyada Everyday Plastic and Greenpeace tashkiloti tashabbusi bilan bir haftalik tadqiqot boshlanmoqda. Unda qatnashayotgan buyuk britaniyalik ko‘ngillilar o‘zlarining qancha plastik chiqindi iste’mol qilishlarini hisoblashadi.

Keyingi hafta davom etadigan plastiklarni hisoblash kampaniyasida 151 ming xonadon, umumta’lim maktablarining 4 mingdan oshiq sinfi ishtirok etmoqchi.

Everyday Plastic and Greenpeace tashkiloti asoschisi Daniel Veb 2017 yilda bir yil davomida o‘zining qancha plastik chiqindi tashlashini hisoblab ko‘rgan va oxirida aniq bo‘lganki, uning bir o‘zining yillik plastik chiqindisi bilan 20 ta chiqindi qutisi to‘ladi.

Kampaniyada ishtirok etadiganlar chiqindini tashlashdan oldin uni qanday qilib hisoblash bo‘yicha tushuntirish oladi va shunga ko‘ra bir hafta plastiklarni hisoblab borishadi.

To‘plangan ma’lumotlar asosida Buyuk Britaniya plastik ifloslanishi bo‘yicha tahlillar kelib chiqishi kutilyapti.

Ko‘proq yangiliklar: