Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ekolog» faxriy unvoni ta’sis etiladi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi 6 moddadan iborat. Unda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, ekologik nazoratni amalga oshirish, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish borasida xizmatlari uchun tajribali mutaxassislariga berilishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, unvon chiqindilarni qayta ishlashni tashkil etish, o‘simlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash hamda ko‘paytirish, o‘rmonlar, muhofaza etiladigan hududlar va yashil hududlarni tashkil etish va saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida katta xizmatlari uchun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda o‘rmon xo‘jaligi organlari, sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’yektlari yuqori malakali xodimlariga, inspektorlariga, qo‘riqchilariga, muhandislarga hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari tajribali mutaxassislariga beriladi.
Bildirilishicha, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilinishi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar faoliyatini rag‘batlantirishga huquqiy asos yaratadi, tarmoq nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

23:40 / 31.03.2025
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

14:57 / 23.11.2024
Zelenskiy Medvedchuk, Baskov va Kirkorovni davlat mukofotlaridan mahrum qildi

14:25 / 05.09.2024