16-marotaba o‘tkazilgan milliy jurnalistika tanlovining taqdirlash marosimi bugun, 4 may kuni “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tdi.
Marosimda matbuot sohasi jamoatchiligi, prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov, AOKA bosh direktori Asad Xo‘jayev, O‘zMMA raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot “O‘zbekiston tarixi” telekanali bosh muharriri Shuhrat Hayitovga topshirildi.
“Oltin qalam” milliy mukofoti g‘olib va sovrindorlari:
“Eng yaxshi jurnalistik material uchun” (televideniye)
1-o‘rin: Yulduz Fayziy – “Madaniyat va ma’rifat” telekanali katta muharriri
2-o‘rin: Mo‘tabar Nurmuhammedova – “Sevimli” telekanali muxbiri
3-o‘rin: Maftuna Mamasiddiqova – Farg‘ona viloyati “Ruxsor TV” telekanali muxbiri
“Eng yaxshi jurnalistik material uchun” (radio)
1-o‘rin: Farog‘at Barnoyeva – Navoiy viloyati radiokanali katta muharriri
2-o‘rin: Zarbuvi Choriyeva – “O‘zbekiston 24” radiokanali bosh muharriri
3-o‘rin: Nodira Maqsudova – “Grand” radiokanali bosh muharriri
“Eng yaxshi jurnalistik material uchun” (internet-jurnalistika)
1-o‘rin: Norgul Abduraimova – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi sharhlovchisi
2-o‘rin: Ilyos Safarov – Kun.uz muxbiri
3-o‘rin: Anvar Namozov – Xabar.uz muxbiri
“Eng yaxshi jurnalistik material uchun” (bosma OAV)
1-o‘rin: O‘tkir Rahmatov – “Xalq so‘zi” gazetasi bosh muharriri
2-o‘rin: Guloyim Saparova – “Erkin Qoraqalpog‘iston” gazetasi muharriri
3-o‘rin: Chori Alimov – Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Taraqqiyot” gazetasi bosh muharriri
3-o‘rin: Behzod Qobulov – “Yoshlar kundaligi” gazetasi bosh muharriri
Televideniye, radio, internet-jurnalistika va bosma OAVdagi eng yaxshi jurnalistik material uchun nominatsiyalarining sovrindorlariga quyidagicha miqdorda pul mukofotlari topshiriladi:
- 1-o‘rin uchun: 43 mln 200 ming so‘m
- 2-o‘rin uchun: 37 mln 800 ming so‘m
- 3-o‘rin uchun: 32 mln 400 ming so‘m
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:
“Mahalla, oila va gender tenglik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun”:
Farida Egamberdiyeva, Darakchi.uz sayti muharriri
“Inson qadrini ulug‘lashga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallari uchun”:
Shuhrat Dehqonov, “Nuroniy” gazetasi bosh muharriri
“O‘zbekiston tarixi yoritilgan eng yaxshi material uchun”:
Kamol Matyoqubov, “Adolat” gazetasi muharriri
“Eng yaxshi fotoreportaj uchun”:
Madina Nurman, Daryo.uz fotografi
“OAV bilan eng faol hamkor axborot xizmati”:
Elmira Bekmurodova, Energetika vazirligi matbuot kotibi
- Rag‘batlantiruvchi nominatsiyalarda mukofot miqdori – 13 mln 500 ming so‘m.
Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun:
1-o‘rin: Nizam Shaxin, Turkiya teleradiokompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi jamoasi
2-o‘rin: Barbara Ditrix, “Diplomatic World” jurnali bosh muharriri (Belgiya)
2-o‘rin: Xalid Taymur Akram, “National Herald Tribune” kundalik gazetasi yetakchi ijrochi muharriri
2-o‘rin: O‘rinboy Usmonov, “Xalq ovozi” gazetasi muxbiri
2-o‘rin: Sanjay Kumar, “The Korea Herald” gazetasi muharriri.