Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘oz ortidan million daromad
31 yoshli Ahror Roziqov Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Sarmozor” MFYda yashaydi. U bir necha yildan beri uyida g‘oz parvarishlab keladi. G‘oz tuxumlarini inkubatorda ochirib jo‘jalarni sotib yaxshigina daromad topadi.

Ahror Roziqov Rossiyada muhojirlikda yurgan kezlarida g‘oz boqishga qiziqib qolgan. U O‘zbekistonga qaytib kelib parrandachilik sohasida tadbirkorlikni boshlab yubordi.
“Yoshligimda uyda tovuq va o‘rdak boqib yurganmiz. 2012 yilda Rossiyada ishlab yurgan paytimda g‘oz fermani ko‘rib inkubatorda g‘oz ochirishni o‘rgandim. 2015 yilda O‘zbekistonga qaytib kelganimdan keyin g‘oz boqishni boshladim. Avval sinab ko‘rish uchun 100 bosh g‘oz parvarish qildim. Hozirgi kunda katta ona g‘ozlarimiz bor. Ularning tuxumini inkubatorda ochiraman.
Inkubatorga qo‘yilgan tuxumlar 30-31 kunda jo‘ja ochib chiqadi. Yiliga bitta g‘ozdan 50–60 ta, ko‘pi bilan 80 tagacha tuxum olinadi. G‘ozlar asosan tuxum va go‘shti uchun boqiladi. Katta g‘ozlarni bog‘imizda boqamiz.
Inkubatorda harorat va namlik doimiy nazorat qilib turiladi. Inkubatordan chiqqan jo‘jalarni 3-4 kun davomida don yeydigan darajaga kelgunicha saqlab keyin mahalliy bozorlarda sotishni boshlaymiz”, – deydi u.
Yosh tadbirkor O‘zbekiston sharoitida g‘oz boquvchilar kam deb hisoblaydi.
“Katta g‘ozlarni 100 mingdan 150 ming so‘mgacha sotyapmiz. G‘oz tuxumi narxi esa 8–10 ming atrofida. Jo‘jalarini 25 mingdan 30 ming so‘mgacha sotyapmiz. Ratsion bo‘yicha yem tayyorlaymiz. G‘ozlar asosan ko‘k maysani sevib yeydi. Ko‘kalamzorda yurgan g‘ozlarga yem ham kerak emas. Ular dondan ko‘ra ko‘katni yaxshi ko‘rishadi.
G‘ozlar suvga o‘tlarni yeyish va cho‘milish uchungina tushishadi. Katta g‘ozlarni go‘shti uchun ham sotib olishadi.
Uyimizda g‘ozlarni tez-tez so‘yib turamiz. Xaridorlar kelib kuygan yara-chaqalarni bitirish uchun g‘oz yog‘ini olib ketishadi.
O‘zbekiston sharoitida g‘oz boshqa parrandalarga qaraganda kamligi uchun aynan g‘oz boqamiz. Bozorga chiqsam sotiladigan tovuq va o‘rdaklar ko‘p. Lekin g‘ozni bitta men sotaman. G‘ozni juda kamchilik boqadi”, – deydi u.
Ahror Roziqovning ta’kidlashicha, bir yilda bitta g‘ozdan o‘rtacha 500–600 ming so‘m daromad qilsa bo‘lar ekan.
“Biz boqayotgan g‘ozlar 3-4 kilogrammgacha go‘sht qiladi. O‘tgan yili Rossiyadan olib kelgan g‘ozlarim bor. Ular 8–10 kggacha go‘sht beradi. Hozirda uyimizda oq rangli linda va jigarrang pekin g‘ozini parvarish qilyapmiz.
Fevraldan iyun oyigacha inkubatorga tuxum qo‘yiladi. Yoz faslida chiqqan jo‘jalar ob-havo isib ketgani uchun yaxshi katta bo‘lmaydi. Biz asosan jo‘ja ochirib daromad qilamiz. Tuxumini sotib daromad qilish qiyinroq. Jo‘jalar 2 oyda kattagina g‘ozga aylanadi. Bir yilda bitta g‘ozdan 500–600 ming so‘m daromad topsa bo‘ladi. Bog‘imizda 500 bosh katta g‘oz bor”, – deydi yosh tadbirkor.
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkent shahri IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00
-
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi
Jahon | 22:56
-
Isroil G‘azodagi vaziyatni o‘nglamasa, Britaniya Falastin davlatini tan oladi
Jahon | 22:46
Mavzuga oid

10:35 / 28.06.2025
1,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

18:27 / 21.06.2025
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin

09:14 / 18.06.2025
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi

19:26 / 17.06.2025