Mahkumlar uchun davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi

Jamiyat 09:09 / 02.05.2022 7230

Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslar uchun davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritiladi.

Budjet tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan korxona va tashkilotlarda sug‘urtalash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida ushbu jarayonlarni raqamlashtirish va raqobatli muhitni shakllantirish rejalashtirilgan.

Bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish (shu jumladan, chet eldan) jarayonini raqamlashtirish, shuningdek, ikkinchi mutaxassislikka hamda hamkor chet el oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda qo‘shma o‘quv dasturlariga qabul qilish va talabalar hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: