Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yurakni EKG qiladigan soat, BMW i7 elektrosedani va yangi Samsung Galaxy Jump2 – hafta texnodayjesti
Kun.uz yakunlanayotgan haftadagi texnologiya va ilm-fanga oid eng qiziqarli xabarlarni jamladi.
Yurakni EKG qiladigan soat

Xitoyning Huawei kompaniyasi kengaytirilgan funksionalga ega «aqlli» Watch GT 3 Pro qo‘l soatini taqdim etdi.
Soat 2 turda ishlab chiqarildi: 46 mm titan versiya va 43 mm keramik versiya. Birinchisi 1,43 dyuymli, ikkinchisi esa 1,32 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan.
Watch GT 3 Pro‘ga elektrokardiogramma (EKG) funksiyasi ham qo‘shilgan. Shuningdek, aqlli soat yurak urishi tezligi, qondagi kislorod miqdori, tana harorati, uyqu sifati, stress darajasini ham ko‘rsata oladi.
Watch GT 3 Pro‘ning narxi 380 dollardan boshlanadi.
Samsung Galaxy Jump2

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi yangi Samsung Galaxy Jump2 smartfonini taqdim qildi. Gadjet Full HD+ sifat hamda 120 gersli tasvir yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6,6 dyuymli displey bilan jihozlangan, ekrani Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan. Old qismida 8 megapikselli selfi kamerasi o‘rnatilgan.
Qurilmaning orqa tomoniga 4 ta: 50 megapikselli asosiy, 5 megapikselli keng burchakli va bir juft 2 megapikselli kameralar o‘rnatilgan. Smartfon Android 12 operatsion tizimi asosidagi One UI 4.1‘ tizimida ishlaydi.
Samsung Galaxy Jump2 6 GB operativ va 128 GB ichki xotiraga ega. Akkumulyator sig‘imi – 5000 mA/soat bo‘lib, 25 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasi mavjud. Barmoq izi skaneri smartfonning yon tomonida joylashgan.
12 ta josus sun’iy yo‘ldosh

Janubiy Koreya 12 ta razvedka sun’iy yo‘ldoshi ishlab chiqish va uchirish niyatida, deya xabar bermoqda «Xanguk kyonchje» gazetasi.
Mamlakat Milliy mudofaa vazirligi bu maqsad uchun qariyb 3 trillion von (2,3 milliard dollar) sarflashni rejalashtirgan.
Gazetaning yozishicha, Seul 2025 yilgacha o‘zi ishlab chiqargan beshta sun’iy yo‘ldoshni uchirishni mo‘ljal qilgan. Dasturni kengaytirish orqali Janubiy Koreya raketa va yadro dasturini rivojlantirayotgan KXDRga qarshi razvedka imkoniyatlarini yaxshilashni mo‘ljallamoqda.
Financial Times gazetasining yozishicha, KXDR 2017 yildan buyon ilk yadroviy qurol sinovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
2022 yilning birinchi choragida eng ko‘p yuklab olingan ilovalar

Sensor Tower kompaniyasining hisobotiga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida TikTok eng ko‘p - 175 million marta yuklab olingan. Bu borada ikkinchi o‘rinda Instagram, uchinchi o‘rinda Facebook, to‘rtinchi o‘rinda WhatsApp qayd etilgan bo‘lsa, kuchli beshtalikni Telegram messenjeri yakunlab bergan.
Umuman olganda, TikTok ishga tushirilganidan beri 3,5 mlrd martadan ortiq yuklab olindi. Bu ushbu ko‘rsatkichga ega beshinchi ilova va Meta kompaniyasiga tegishli bo‘lmagan yagona platformadir. E’tiborli jihati, 2018 yil boshidan beri hech bir ilova TikTok‘dan ko‘proq yuklab olinmagan.
Ilon Mask Twitter‘ni sotib oldi

Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini 44 mlrd dollar evaziga xarid qildi. Qayd etilishicha, kompaniya aksiyadorlari o‘zlariga tegishli har bir oddiy aksiya uchun 54,2 dollardan olgan.
Tadbirkor bir qancha o‘zgarishlarni taklif qilgan - nashr etilgan kontentga cheklovlarni yumshatishdan tortib, soxta akkauntlarni yo‘qotishgacha.
Ilon Mask - sayyoraning eng badavlat odami hisoblanib, Forbes jurnali uning boyligini 273,6 mlrd dollarga baholagan, bu qiymat asosan u rahbarlik qiladigan Tesla kompaniyasi aksiyalaridan kelib chiqib hisoblangan. Mask nomi bilan bog‘liq yana bir mashhur firma SpaceX aerokosmik kompaniyasidir.
BMW i7 elektrosedani

BMW kompaniyasi 7 Series yangi avlodiga kiruvchi i7 elektrosedanini namoyish qildi.
Yangi model xDrive60 versiyasida 544 ot kuchiga ega ikki dvigatelli (oldi 258 ot kuchiga, orqasi esa 313 ot kuchiga ega) elektr stansiyasi, to‘liq g‘ildirakli uzatma va bir quvvatlanishda 590 kilometrgacha masofani bosib o‘tish imkonini beradigan akkumulyator bilan jihozlanadi.
BMW i7‘ning sotuvi 2022 yil oxirida boshlanishi ko‘zda tutilgan. Elektrokarning 660 ot kuchiga ega flagman versiyasi – BMW i7 M70 xDrive modifikatsiyasining taqdimoti esa 2023 yilga mo‘ljallangan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi
Jamiyat | 21:37
-
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi
Iqtisodiyot | 21:30
-
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi
Jamiyat | 21:19
-
Suriyadagi yangi urush. Druzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
Mavzuga oid

14:18 / 02.03.2025
Yangi “ajdarho jangchisi”, kosmosga turistik parvoz va “aqlli” g‘ilof - texnodayjest

12:08 / 23.02.2025
Ilon Maskdan yangi SI, “arzon” iPhone 16 va aktyor robot - hafta texnodayjesti

10:49 / 09.02.2025
Kuchaygan Gemini, va’dasidan voz kechgan Google va yanada ochilgan ChatGPT - texnodayjest

18:05 / 29.12.2024