«Paxtakor» OChLdagi ishtirokini yubiley g‘alaba bilan yakunladi

Sport 04:17 / 27.04.2022 18236

Osiyo Chempionlar Ligasida 6-tur o‘yinlari boshlandi. 

D guruhida keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo‘qotgan «Paxtakor» (6) so‘nggi turda mezbon «At Ta’avun» (7) bilan gollarga boy bahsda ajoyib g‘alabaga erishdi — 5:4. Asosan yosh futbolchilar bilan o‘ynagan «sherlar»dan Abbos Fayzullayev, Aziz Turg‘unboyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Mirjahon Mirahmadov va Abbos Ergashboyev to‘p kiritishdi. 

E’tiborlisi, bu — «Paxtakor»ning ushbu turnirdagi yubiley 50-g‘alabasi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida peshqadam «Ad Duhayl» (15) «Sepohon»ni (7) yirik hisobda yengdi. 

Shu tariqa ushbu guruhdan faqat «Ad Duhayl» pley-offga yo‘l oldi. 

OChL. 6-tur. 26 aprel
D guruhi
Paxtakor — At Ta’avun 5:4
Gollar: 
Abbos Fayzullayev (22), Aziz Turg‘unboyev (31), Sardor Sobirxo‘jayev (32), Mirjahon Mirahmadov (78), Abbos Ergashboyev (86) — Bakir (14), Nabit (51, 60), Amri (83).
Paxtakor — Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Shahzod Azmiddinov, Kamen Xajiyev, Farruh Sayfiyev, Ikrom Aliboyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Abbos Fayzullayev (Diyor Xolmatov, 69), Aziz Turg‘unboyev (Jasur Yoqubov, 90+4), Hojimat Erkinov (Abbos Ergashboyev, 79), Mirjahon Mirahmadov.
At Ta’avun — Bag‘avi, Yazid Bakir, Tariq Muhammad (Fahad Rashidi, 54), Luyindama, Motaz Havsavi (Abdulmalik, 68), Navaf Sobhi, Sumayhan Nabit, Rayan Musa, Mustafo Fathi, Hassan Amri (Faysal Muhammad, 84) , Tavamba.
Ogohlantirishlar: Fayzullayev (16), Hajiyev (27), Amri (36), Sobhi (72), Azmiddinov (82), Sayfiyev (82), Mirahmadov (85).

Ad Duhayl — Sepohon 5:2
Gollar:
 Olunga (10, 35), Edmilson (41, 90), Sassi (50) — Mahdi (20), Rafiyi (82).

Ko‘proq yangiliklar: