Asaka tumani hokimligi yuristi pora olayotganda qo‘lga olindi

Jamiyat 15:30 / 27.04.2022 19285

Asaka tumani hokimligining yuridik xizmati rahbari X.Q. bugun, 27 aprel kuni tumanda faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaligi rahbaridan ming dollar olayotganda DXX va Bosh prokuratura xuzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda Kun.uz'ning Asaka tumani hokimligidagi manbasi xabar bermoqda.

Manba yurist fermerdan nima maqsadda pul olganidan xabardor emasligini bildirdi.

Avvalroq, Andijonda temiryo‘l stansiyasi tasarrufidagi yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan stansiya boshlig‘i ushlangani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: