Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ketdi
Abdulaziz Komilov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi. Birinchi o‘rinbosarlikka o‘tkazilgan Vladimir Norov vazirlikni boshqarib turadi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmonlari bilan Tashqi ishlar vazirligida o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Hafizovich Komilov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘z navbatida, Vladimir Imamovich Norov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatildi.

Bundan avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi birlashtirilishi, yangi vazirlikka rahbar sifatida Sardor Umrzoqov nomzodi ko‘rilayotgani haqida xabar tarqalgandi.
- 1994-2003 yillarda ham O‘zbekiston TIVni boshqargan Abdulaziz Komilov 2003-2010 yillarda O‘zbekistonning AQShdagi elchisi bo‘lgan, 2010-2012 yillarda O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari sifatida ishlagan, 2012 yildan yana tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U 2022 yil martida salomatligidagi muammo tufayli xorijga davolanishga ketgani ma’lum qilindi. Uning sog‘ligi 17 mart kuni Senat yalpi majlisidagi chiqishidan keyin yomonlashgan.
- Vladimir Norov 2006-2010 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bo‘lgan, 2019-2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimini egallagan. 2021 yil dekabrida O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

17:52 / 14.07.2025
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025