Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Harbiy to‘qnashuv ham turgan gap edi» - Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyoda 2016 yilgacha bo‘lgan muhit haqida
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Komilov qo‘shni davlatlar bilan aloqalar keskinlashib ketgan paytlarni esladi. «Agar vaziyat o‘sha shaklda davom etganida, harbiy to‘qnashuv ham turgan gap edi», dedi sobiq tashqi ishlar vaziri. «Ochig‘ini aytish kerak, o‘zimiz ham o‘z qo‘limiz bilan muammolarni yaratdik. Agar bular hal bo‘lmaganda, juda bir yomon oqibatga olib kelardi», deya qo‘shimcha qildi u.

Ishonch.uz videosidan kadr
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Ishonch.uz saytiga intervyu berdi. Uzoq yillar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan diplomat intervyuda Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligi va ular o‘rtasidagi munosabatlar tarixiga to‘xtalib o‘tdi.
«Haqiqatdan, biz bugun bir juda tahlikali, bo‘layotgan voqealar va to‘qnashuvlarning oldindan oqibatini bashorat qilib bo‘lmaydigan dunyoda yashayapmiz. Mana yaqin orada hammamiz guvohi bo‘ldik, qo‘shni mintaqada Hindiston va Pokiston orasida keskinlashuv yuz berdi. Hattoki kuzatuvchilar: «Bu ikkita davlat hozir katta urush boshlanib ketsa, yadro qurolini ishlatadimi?» deya savol berdi. Bu juda xavfli hodisa.
Shuning uchun biz doim qo‘shnilar bilan aloqalarni rivojlantirishimiz kerak, mana shunaqa xavflarning oldini olishga ham tayyor bo‘lishimiz kerak. Boshqa mintaqani olsak, masalan Yaqin Sharqda qancha muzokaralar bo‘ldi, uchrashuvlar bo‘ldi, xalqaro maydonda qancha davlatlar ishtirok etdi, shunga qaramay har kuni 10-100 odamlar vafot etyapti.
Uzoqqa bormasdan sobiq sovet ittifoqi hududida Ikkinchi jahon urushidan keyin hech qanday bunaqa katta, harbiy to‘qnashuv bo‘lgani yo‘q. Shunday keskinlashgan dunyoda zamonaviy qurollarning hammasi ishlatilyapti. Har hafta ming-ming odamlar o‘lib ketyapti.
Bitta savol tug‘iladi: mana shu to‘qnashuvlarda, qarama-qarshiliklar kimlar orasida sodir bo‘lyapti? Aksariyati qo‘shni davlatlar orasida.
O‘zimizning vaziyatni bir eslab o‘tmoqchi edim. 2016-2017 yillarda biz qo‘shni davlatlar bilan aloqalar keskinlashib ketganda, shu bitta xavfli nuqtaga taqaldik. Agar mana shu vaziyat o‘sha shaklda davom etganida, harbiy to‘qnashuv ham turgan gap edi. Shuni inobatga olib, Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelganlarida Markaziy Osiyo tashqi siyosatda bizning ustuvor yo‘nalishimiz bo‘ladi, deb belgiladi.
Nima uchun? Nega deganda ko‘p muammolar yig‘ilib qoldi. Ochig‘ini aytish kerak, bunga qo‘shimcha o‘zimiz ham o‘z qo‘limiz bilan boshqa muammolarni ham yaratdik. Agar bular hal bo‘lmaganda, keskinlashib ketganda, juda bir yomon oqibatga olib kelardi.
Prezident tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan doimiy ravishda maslahat uchrashuvlari o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi . Hamma rahbarlar qo‘llab-quvvatladi, o‘tgan 6-7 yilda biz juda murakkab, og‘ir va nozik masalalarni, muammolarni hal qildik. Toshkentda, shu yil kuzda Markaziy Osiyo davlatlarining yettinchi sammitini o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Bugun Markaziy Osiyo mintaqasi xalqaro maydonda huquqiy sub’yekt bo‘lib o‘zini namoyish qilyapti», deydi Abdulaziz Komilov.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
-
Suriyada yana guruhlar orasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Isroil vaziyatga aralashdi
Jahon | 21:50
-
Germaniyalik yigit operatsiyalar yordamida oyoqlarini 24 santimetrga uzaytirdi
Jahon | 21:45
-
Google gidroelektr energiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik shartnomani imzoladi
Jahon | 21:41
Mavzuga oid

17:52 / 14.07.2025
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

15:04 / 07.07.2025
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida

23:21 / 03.07.2025
“Tasodifiy, lekin yaxshi kontekst” - ekspertlar Ozarboyjonga tashrifning geosiyosiy ahamiyati haqida

20:14 / 03.07.2025