AQShda «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi qurilishi boshlandi

Jamiyat 16:23 / 24.04.2022 38558

Ohayo shtatining Sinsinnati shahrida qurilishi boshlangan masjid AQShdagi vatandoshlar tomonidan barpo qilinmoqda. Marosimda marhum shayx hazratlarining o‘g‘li Ismoil Muhammad Sodiq va boshqa shogirdlari ham qatnashgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, imom-xatiblar shuningdek, Sinsinnati shahrida istiqomat qiladigan vatandoshlar bilan ham bir nechta uchrashuv va Ramazon oyi tadbirlarida ishtirok etgan.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik bir guruh ulamolar va imom-xatiblar 20 apreldan 2 mayga qadar Ramazon tadbirlarida ishtirok etish uchun AQShga tashrif buyurishi ma’lum qilingan edi.

Shuningdek, bir necha kun avval Musulmonlar idorasi vakillari O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi tomonidan AQSh rasmiylari ishtirokida tashkil qilingan iftorlikda ham qatnashgan edi

Ko‘proq yangiliklar: