Indoneziya palma moyi eksportini taqiqladi

Jahon 15:36 / 23.04.2022 7357

Palma moyi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turuvchi Indoneziya 28 apreldan ushbu mahsulot eksportini taqiqladi.

Indoneziya prezidenti Joko Vidodoning so‘zlariga ko‘ra, u mamlakat fuqarolarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlamoqchi, chunki oziq-ovqat inflatsiyasi rekord darajaga yetgan.

Qisman oziq-ovqat va kosmetologiya mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan palma moyi yetkazib berilishining to‘xtatilishi ishlab chiqaruvchilar xarajatlarining keskin oshishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi Reuters agentligi.

Mart oyi boshlarida agentlik yaqin oylarda palma moyi narxi bir tonnasi uchun 8,1 ming ringgitga (1,93 ming dollar) yetishi mumkinligini yozgandi.

Ko‘proq yangiliklar: